audio

    0+
    Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kursini tamomlab kelgan buxorolik kursantlar «Halollik qasamyodini» qabul qilishdi

    Buxoro viloyatining Olot, Qorakoʻl, Jondor tumanlari ichki ishlar boʻlimlaridagi mavjud boʻsh boʻlgan profilaktika inspektori lavozimlariga Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kursini tamomlab kelgan kursantlar bilan jamlandi.

    Yosh xodimlar va ularning ota onalari bilan boʻlgan uchrashuvda xodimlarga xizmatga kirishishdan oldin ularga biriktirilgan murabbiylar, bevosita rahbarlari, xizmat olib borishlari uchun biriktirilgan hududlarining mahalla «yettiligi» tanishtirildi.

    Uchrashuvda xodimlarning xizmat faoliyati davomida uchrab turadigan turli xil ziddiyatli vaziyatlarda oʻzini tutishi, xizmat intizomi toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

    Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Akbar Yusupov tomonidan murabbiylar va yosh xodimlarga ustoz-shogird anʼanalari asosida ish olib borishlari, yosh xodimlarning ota-onalariga esa ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati hamda xodimlarga beriladigan imtiyozlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.

    Shuningdek, xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining farmoyishi asosida eʼlon qilingan «Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi» doirasida xizmat intizomi va qonun talablariga rioya qilish, tamagirlik, poraxoʻrlik kabi salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tushuntirishlar ham berib oʻtildi.

    Yosh xodimlar xizmat faoliyatiga kirishishdan oldin «Halollik qasamyodini» qabul qilib, ularning kelgusidagi faoliyatiga omadlar tilandi.

    Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 318
    : 2024-04-27 16:43:23