audio

    0+
    Vazir oʻrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Navoiy viloyatidagi oʻrganishlarini Navbahor tumanida davom ettirdi

    Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bahodir Yuldashevich Mirzaraximov boshchiligidagi ishchi guruh oʻrganishlarini Navbahor tumanida davom ettirdi.

    Dastlab chet el hamkorligi asosida bunyod etilgan «MENGI TEKSTIL GROUP» ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurib jarayon bilan tanishdi. U yerda ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdi hamda kelgusidagi rejalari bilan tanishib, mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

    Dastur manziliga koʻra ishchi guruh tuman yoshlarini kasb-hunarga oʻrgatish maqsadida yangidan foydalanishga topshirilgan maktabga tashrif buyurdi. Taʼlim muassasasidagi maxsus oʻquv xonalari va undagi zamonaviy texnologiyalar, innovatsion majmualar bilan tanishdi.

    Kasb ustalari va malakali pedagoglarning oʻquvchi yoshlarga taʼlim berishda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar toʻgʻrisida tavsiyalar berildi.

    Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 183
    : 2024-04-28 07:49:27