audio

    0+
    Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximovning Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi oʻrganishlari tafsilotlari

    Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximovning navbatdagi oʻrganishlar joyi Qiziltepa tumanida boʻldi.

    Unda «Uzilishkent» mahalla binosiga tashrif buyurib, mahalla yettilik faoliyati bilan tanishdi. Mahalla aholisi xavfsizligi uchun bajarilayotgan ishlar, kun tartibidagi ijtimoiy profilaktika jarayonlariga guvohi boʻldi.

    Shuningdek, mazkur mahalla profilaktika inspektorining xizmat uyiga ham borib yashash sharoiti va muammolarini oʻrgandi.

    Bundan tashqari mahalla hududida joylashgan «Toshrabot tekstil» kichik ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini koʻzdan kechirdi. Tashrif ishtirokchilari korxonadagi zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda xizmat qilayotgan xotin-qizlar va yoshlar mehnati, maoshi bilan tanishdi.

    Korxona salohiyatidan kelib chiqib ish bilan taʼminlash hajmini oshirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi. Ishchi guruh oʻrganishlar hududlar boʻylab davom etmoqda.

    Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 102
    : 2024-04-28 07:46:55