audio

    0+
    Yosh xodimlar oʻrtasida “Ajdodlar izidan” intellektual oʻyinining Andijon viloyati bosqichi oʻtkazildi

    Kitob — inson kamolotida muhim ahamiyatga ega. Inson doim bilim olish, izlanish bilan oʻz dunyoqarashini oshirib, fikrlash doirasini kengaytiradi. Zotan, bugun mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish borasidagi jarayonlar yangi bosqichga koʻtarilib, barcha sohalarda kitobxonlikni targʻib qilish kabi turli tadbirlarning izchillik bilan oʻtkazilayotganiga guvoh boʻlish mumkin.

    Bugungi kunda, ichki ishlar organlarida ham xizmat qilayotgan yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini, maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish maqsadida, yosh xodimlar oʻrtasida bir qator kitobxonlik va intellektual tanlovlar oʻtkazilib kelinmoqda. Yuqoridagi fikrlar isboti sifatida joriy yilning 25-aprel kuni Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar oʻrtasida “Ajdodlar izidan” intellektual oʻyinining viloyat bosqichi oʻtkazildi.

    Ushbu oʻtkazilgan intellektual oʻyin qiziqarli va bahs-munozaralarga boy boʻldi. Qiziqarli va murosasiz oʻtgan oʻyin natijasiga koʻra, Xonobod shahar IIB jamoasi 3-oʻrinni, Buloqboshi tumani IIB jamoasi 2-oʻrinni hamda Andijon shahar boʻyicha IIOFMB jamoasi esa faxrli 1-oʻrinni egalladi.

    Gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasi hamda maʼnaviy-axloqiy saviyasini oshirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

    Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 170
    : 2024-04-26 22:33:21