audio

    0+
    Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev Pop tumanidagi aholi xonadonlarini oʻrgandi

    Bugun polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan viloyatning 3-sektor hududi hisoblangan Pop tumani “Yangixoʻjobod” mahallasidagi oʻzini-oʻzi band qilib, qoʻshimcha daromad topayotgan aholi xonadonlarida tuman IIB masʼullari va “mahalla yettiligi” bilan birgalikda oʻrganish ishlari olib borildi.

    Oʻrganish davomida tomorqasidan va uy xoʻjaligi imkoniyatlaridan oqilona foydalanib, oilaviy tadbirkorlik ortidan daromad olayotgan hamda pilla yetishtirayotgan xonadonlar bilan yaqindan tanishildi va bunday faoliyat bilan shugʻullanish istagini bildirgan fuqarolarga koʻmak berish yuzasidan “mahalla yettiligi” hamda masʼul xodimlar zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.

    Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 193
    : 2024-04-28 07:48:02