audio

    0+
    Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev Pop tumanidagi maktablar faoliyati bilan tanishdi

    Bugun polkovnik Shuxrat Aliyev Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi boshligʻi polkovnik Xamidulla Mamatov bilan birgalikda viloyatning 3-sektor hududi hisoblangan Pop tumanining “Navoiy” mahallasidagi 1-sonli, “Anhor” mahallasidagi 37-sonli va “A. Qahhor” mahallasidagi 65-sonli maktablarda boʻlib, “mahalla yettiligi” hamda boshqa biriktirilgan xodimlarning oʻquvchi-yoshlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish borasidagi faoliyatini oʻrgandi.

    Shuningdek, doimiy ravishda davomat tadbirlarni oʻtkazib borish, “mahalla – maktab –oila” tamoyili asosida hamkorlikni kuchaytirish, taʼlim sifatini yaxshilash va oʻquvchilarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.

    Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 309
    : 2024-04-26 17:28:43