audio

    0+
    Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximovning Navoiy viloyatidagi oʻrganishlari davom etmoqda

    Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general mayor Bahodir Yuldashevich Mirzaraximovning navbatdagi oʻrganishlari Navoiy viloyati markaziga yondosh hudud Karmana tumani Paxtaobod mahallasi boʻlib, unda mahallada faoliyat olib borayotgan rais, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va boshqa masʼullar bilan uchrashdi.

    Mahallada aholini turmush sharoitlarini yaxshilash, yoshlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

    Shuningdek, Bunyodkor mahallasida joylashgan «Uzbekistan hydrogen peroxide» MCHJ boʻlib, unda tashrif ishtirokchilari asosiy ishlab chiqarish bloklari bilan tanishdi.

    Vodorod peroksidi ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan zavodning mutaxassis ishchilari bilan suhbatlashib jarayonlarni yaqindan kuzatdilar. Shuningdek ish bilan taʼminlash hajmi va ishchilar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi.

    Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining Navoiy viloyati hududi boʻylab oʻrganishlari davom etmoqda.

    Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 129
    : 2024-04-26 08:02:47