Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev Uchqoʻrgʻon tumanidagi mahallalar faoliyatini oʻrgandi
2024-04-24 11:50:00 / Yangiliklar
Namangan viloyat hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi muammolariga samarali yechim topish, ularning daromadlarini oshirish va ishsiz qatlamni bandligini taʼminlash maqsadida “mahalla yettilik”larining faoliyati muntazam ravishda oʻrganilib, tahlil qilib kelinmoqda.
Bugun polkovnik Shuxrat Aliyev Uchqoʻrgʻon tumanining “Bogʻ koʻcha”, “Norin” va “Qoʻgʻay” mahallalarida boʻlib, “mahalla yettilik”lari, hududga biriktirilgan tuman IIB va Milliy gvardiyaning Qoʻriqlash xizmati xodimlari faoliyatini oʻrganib, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarini atroflicha muhokama qildi.
Oʻrganish yakunida tuman hududida jinoyatchilikka chek qoʻyish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarda “xonadonbay” va “fuqarobay” ish tashkil etib, “Uychi” va “Sayxunobod” tajribasini qoʻllagan holda aholi daromadlarini oshirish hamda bandligini taʼminlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar koʻrish, shuningdek, tashqi va ichki migratsiya boʻyicha “Migratsion profilaktika” tadbirlarini sifatli tarzda oʻtkazish yuzasidan masʼullar zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati