Qashqadaryo viloyati IIBda xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikka rioya etilishini taʼminlash, xodimlar tomonidan poraxoʻrlik tamagirlik jinoyatlari sodir etilishini oldini olish boʻyicha profilaktik uchrashuv oʻtkazildi
2024-04-24 11:35:00 / Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor va Dehqonobod tuman IIBlarida Vazirlikning 2024-yil 15-aprel kunidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 126-son farmoyishi ijrosi yuzasidan IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, boshqarma MMI va KBTX, “Faxriylar kengashi” masʼullari ishtirokida shaxsiy tarkibi bilan xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikka rioya etilishini taʼminlash, xodimlar tomonidan poraxoʻrlik tamagirlik jinoyatlari sodir etilishini oldini olish boʻyicha profilaktik uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbirda soʻz olganlar ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish hamda bu boradagi boradagi omillarni keskin kamaytirish, qonunbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va chek qoʻyish, uning oqibatlarini, ushbu illatga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida rahbar xodimlarning masʼuliyati va javobgarligini yanada oshirish, xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi boʻyicha fikr-mulohazalarni bildirishdi.
Bundan tashqari xavf guruhiga kiritilgan xodimlarning yaqin qarindoshlari bilan suhbat oʻtkazildi.
Tadbir yakunida favqulodda va salbiy holatlar yuzasidan tayyorlangan “Soʻngi pushaymon iztiroblari” nomli videorolik namoyish etildi.
Bu borada ishlar davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati