Legal News
2025-01-22 10:00:00 / News
Kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
➖ 2025-yil 1-fevraldan kasblarga o‘qitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan ko‘p davom etadigan o‘quv kurslariga qabul qilingan Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz a’zolariga to‘lanadi.
➖ 2025-yil 1-maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi.
Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan o‘tkaziladi.