Juma – milliy liboslar kuni
2026-08-21 19:45:00 / News

O‘zbekiston tumanida haftaning har juma kunida milliy liboslar targ‘ibotiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar o‘tkazib borilmoqda.
Bugun tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan Abduraxmon Jomiy nomli mahallada tashkillangan “Yal-yal yongan adrasim!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham milliy liboslarni targ‘ib qilish va ularning qadriyatlarimizdagi o‘rnini yuksaltirishga qaratildi.
Tadbirda xalqimizning asrdan asrlarga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlarini yosh avlod ongiga singdirish, an’ana va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilishni barcha mahalla va maskanlarda uzviy davom ettirish haqida so‘z bordi.



