Onlayn seminarda raqamli tibbiyotni rivojlantirish yuzasidan soha vakillariga zaruriy tushuntirishlar berildi
2026-08-21 18:35:00 / News

O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasi mas’ul xodimlari, tumandagi xususiy klinikalar va xususiy dorixonalar vakillari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan videokonferensiya tarzidagi seminarda ishtirok etdi.
Seminarda soha mutaxassislari tomonidan asosan tibbiyot tizimini raqamlashtirishning afzalliklari, raqamli sog‘liqni saqlash platformasidan foydalanish tartiblari, xususan xususiy klinikalar va dorixonalarni ham eHealth tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.
“Elektron resept” tizimining afzallik va qulayliklari haqida so‘z yuritildi. Mazkur tizim o‘z-o‘zini davolash holatlari kamayishi, noto‘g‘ri yoki keraksiz dori buyurishning oldi olinishi, dori vositalaridan oqilona foydalanish madaniyati shakllanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, onlayn seminar davomida tibbiyot xodimlarining bemorlarga dori vositalarini tayinlashida farmasevtik tashkilotlar manfaatiga xizmat qilmaslik, dori vositalarini nooqilona tayinlash hamda manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlarining oldini olish masalasiga ham alohida to‘xtalindi.



