Xitoy investitsiyasi ishtirokida O‘zbekiston tumanida qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi
2026-08-19 17:35:00 / News

O‘zbekiston tumani hokimi Rasuljon Jo‘rayev bugun xitoylik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tumanida Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda davlat xususiy sheriklik asosida oqova suv tarmoqlari (kanalizatsiya)ni barpo etish masalasiga asosiy e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mevani qayta ishlash va meva-sabzavot konservalarini ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish haqida ham so‘z bordi.
Samimiy muloqotlarda investisiyaviy hamkorlik yo‘nalishlarini o‘zaro manfaatli asosda rivojlantirish, qayd etilgan istiqbolli loyihalarni amalga tadbiq etishning tashkiliy choralari haqida fikr almashildi.


