Tuman hokimi otaliqqa olingan yoshlarning muammolarini o‘rgandi
2026-07-17 18:45:00 / News

Bugun O‘zbekiston tumani hokimi Rasuljon Jo‘rayev o‘ziga biriktirilgan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlarning qiynab kelayotgan ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi. Shuningdek, ular tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va tadbirkorlikka jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan ayrim murojaatlar joyida hal etildi, boshqa masalalar yuzasidan esa mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.






