Yaypan shahar bosh rejasini ishlab chiqishda Xitoyning yirik muhandislik kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
2026-07-01 18:20:00 / News

O‘zbekiston tumani hokimi Rasuljon Jo‘rayev bugun Xitoyning “China Urban Construction Design and Research Institute Co., Ltd” kompaniyasi vakillarini qabul qildi.
Xitoyning yirik davlat konsalting va muhandislik kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvda tuman markazi-Yaypan shahrining master-rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotlarda master-rejani ishlab chiqishda albatta hududning aniq muammolarini bartaraf etishga qaratilgan shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyihaviy yechimlarga e’tibor qaratilishi haqida so‘z bordi.
Jarayonlarda istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
Tuman markazini zamonaviy qiyofaga keltirish, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish, hududning iqtisodiy va turistik salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan master rejani ishlab chiqish va uni amalga tadbiq etish bo‘yicha istiqbolli kelishuvga erishildi.


