Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Xitoyda tashkil etilgan xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi.
2026-06-30 11:25:00 / News

Mazkur tadbirlarda Boshqaruv samaradorligi agentligi Farg‘ona viloyati filiali, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi shahar, tuman” maqomi berilgan hududlardagi hokimlarning tegishli o‘rinbosarlari, salohiyatli tadbirkorlar ishtirok etdi.
Xitoyning Shinjon hududidagi Tacheng shahrida “2026 - Domain electrification industry ecological conference” xalqaro sanoat konferensiyasida sun’iy intellekt texnologiyalarini elektr transport vositalari sohasiga tatbiq etish, qishloq hududlarida elektr transport infratuzilmasini rivojlantirish, zaryadlash stansiyalari tarmog‘ini kengaytirish, energiya saqlash tizimlarini takomillashtirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida zamonaviy sanoat ekotizimlarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.









