“Ilmli ayol – kuchli jamiyat” forumi bo‘lib o‘tdi
2026-06-20 16:10:00 / News

O‘zbekiston tumanida xotin-qizlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda ta’lim olishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ilmli ayol – kuchli jamiyat” mavzusida ta’lim forumi tashkil etildi.
Forumda tuman oila va xotin qizlar bo‘limi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalladagi xotin-qizlar faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni ochib bergan tuman oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i Zulfiyaxon Sarimsaqova bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning ahamiyati va ijobiy natijalari haqida so‘z yuritdi.
Anjumanda tumanda ham xotin-qizlarning ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, huquqiy savodxonligini oshirish va jamiyat hayotidagi ishtirokini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yaratilgan mavjud imkoniyatlardan to‘liq va samarali foydalanib, ayollarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yosh qizlarni ilm-fanga keng jalb etish, ularning innovasion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir davomida turli yo‘nalishlarda muvaffaqiyatga erishgan faol xotin-qizlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.






