“Bo‘zatov Fest” yoshlar ovozi tanlovi yangi ovozlarni kashf etmoqda
2026-04-24 11:50:00 / News

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi “Bo‘zatov Fest” yoshlar ovozi tanlovining O‘zbekiston tumani bosqichi o‘tkazildi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shu bilan birga ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, mehr-oqibat g‘oyalari ruhida tarbiyalash, musiqa yo‘nalishlarida ijod qilayotgan yosh iste’dodlarni kashf etish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkillangan ko‘rik-tanlov tumandagi iste’dodli yosh ijodkorlarni yana o‘z atrofiga jamladi.
Tanlovda yosh ijodkorlar baxshichilik, an’anaviy ijro, opera va estrada yo‘nalishida uchta yosh toifasida o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etdi.
Yosh toifasi va yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.






