Yoshlar kuni: “Yosh qutqaruvchilar” o‘z mahoratlarini namoyish etdi
2026-04-23 19:25:00 / News

Bugun, “Yoshlar kuni”da Yaypan shahridagi “O‘zbekiston” o‘yingohida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasidagi musobaqaning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan tashkillangan ushbu musobaqaning sektor bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan umumta’lim maktablaridagi klub jamoalari 3 ta shart bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra o‘zining har tomonlama tezkor va kuchli ekanligini namoyon qilgan 48-umumta’lim maktabi o‘quvchilari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin 40-maktab, uchinchi o‘rin esa 17-maktab o‘quvchilari jamoalariga nasib etdi.
Musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimida tuman hokimi Ravshanbek Begmatov va tuman prokurori Obidjon Sobirov ishtirok etdi. Tuman rahbari bu kabi tadbirlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarda qutqaruvchilik kasbiga qiziqishni uyg‘otish hamda ularning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyatga egaligini ta’kidlab, hayotning kelgusi har jabhasida o‘g‘il-qizlarga ulkan omadlar tiladi.
Gʻolib va sovrindorlar, shuningdek faol ishtirokchilar tuman hokimligi hamda tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.






