Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor Respublikamizning barcha hududlarida 15 martga qadar uzaytirildi
2026-03-03 11:50:00 / News

Ob-havo prognozlarining yangilangan kutilmalariga ko‘ra, sovuq havo massasi mamlakatimizning boshqa hududlariga ham kirishi ehtimoli tufayli isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metr bazaviy me’yor barcha hududlarda 2026 yilning 15 martiga qadar uzaytirildi.
15 martdan keyin esa ob-havo sharoitidan kelib chiqib, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
