O‘zbekiston tumanida sardorlar saylovi o‘tkazildi
2025-12-26 15:35:00 / News

O‘zbekiston tumanidagi 20-umumta’lim maktabida “Bolalar harakati” sardorlar saylovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Bolalar tashkiloti hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan jarayonlarda nomzodlar o‘zlarining “Men sardor bo‘lsam” mavzusidagi taqdimotlari bilan ishtirok etdi. Mazkur jarayonlar davomida nomzodlar barchaga yoshlar ishtirokida amalga oshirishni reja qilgan tashabbus va loyihalari, shu vaqtgacha erishgan yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Yakunda, eng faol va tashabbuskor o‘quvchi-yoshlar orasidan to‘qqiz nafari "Bolalar harakati" tuman sardorligiga saylandi. Ularga “Ishonch yorliq“lari va esdalik sovg‘alari topshirildi.






