Ommaviy qabulda aholi murojaatlariga yechim izlanmoqda
2025-12-23 11:00:00 / News

Ayni paytda O‘zbekiston tumani hokimligi binosida tuman hokimi Ravshanbek Begmatov boshchiligida davlat tashkilotlari rahbarlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha navbatdagi ommaviy qabuli bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgacha qabulda ishtirok etish uchun 20 nafardan ziyod fuqarolar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning turli yo‘nalishlarga oid murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqilmoqda.
Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal etish maqsadida tashkillangan qabul davom etmoqda.





