Xovos, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari dual ta'lim bo'yicha o'zaro hamkorlik qiladi
2025-10-30 19:10:00 / News

Xovos, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari dual ta'lim bo'yicha o'zaro hamkorlik qiladi
Bugun Xovos, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari rahbarlari dual ta’lim tizimini yanada rivojlantirish hamda yoshlarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga bo'yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Xovos tumanida 1-sonli politexnikumda bo'lishdi.
Mazkur hamkorlik Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish” tamoyili asosida amalga oshirilmoqda. Hamkorlikning asosiy maqsadi — o‘quvchi-yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, ta’lim muassasalari bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni ta’minlash hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir.
Hamkorlik doirasida tumanlardagi politexnikumlar bilan ishlab chiqarish subyektlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, amaliy mashg‘ulotlar sonini ko‘paytirish va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati









