Xovos tumani hokimi fuqarolar murojaatlarini tingladi
2025-10-29 14:45:00 / News

Xovos tumani hokimi fuqarolar murojaatlarini tingladi
Aholi murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga ijobiy yechim topish bugungi kunda har bir rahbarning zimmasidagi eng asosiy vazifaga aylanib ulgurdi. Shu bois, yuzaga kelgan muammolarga oydinlik kiritib, masalani hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xovos tumani Gulbahor mahallasida o'tkazilgan qabulda tuman hokimi Ulug‘bek Yo‘ldoshev fuqarolar murojaatlarini tingladi. Qabulda fuqarolar tomonidan ishga joylashtirish, uy-joy, ichimlik suvi, tibbiy xizmat va moddiy yordam ajratish kabi masalalarda murojaatlar yo'llashdi.
Yuzaga kelgan muammolarning kelib chiqishi sabablari o‘rganildi. Aksariyat muammolar shu vaqtning o‘zida yechimini topdi. Qolgan masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi. Shuningdek, vaqt talab etuvchi murojaatlar belgilangan tartibda bartaraf etilishi fuqarolarga tushuntirildi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

