Shaxsiy qabul
2026-08-13 10:05:00 / News
Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Ziyodbek Sayitbekov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xovos tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Ziyodbek Sayitbekov navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida aholidan kelib tushgan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, eng ko‘p masalalar uy-joy va kadastr, ijtimoiy himoya, bandlik hamda sog‘liqni saqlash sohalariga to‘g‘ri kelmoqda.
