Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibi takomillashtiriladi
2026-07-29 19:15:00 / News

Mazkur qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 noyabrdan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi (Milliy qo‘mita) tomonidan master rejalarning yagona elektron reestri yuritiladi va ularning raqamlashtirilgan nusxalari Milliy qo‘mitada saqlananishi belgilangan.
Aholi punktining bosh rejasi tasdiqlangan kundan boshlab 3 oy muddatda bosh rejani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha kompleks dastur (Kompleks dastur) ishlab chiqilib, belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Qarorga ko‘ra, Kompleks dastur 3 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga mo‘ljallangan holda ishlab chiqiladi va kompleks dasturda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari va muddatlari aniq ko‘rsatib o‘tiladi.
Bundan tashqari, Kompleks dasturning bajarilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar kengashlarining majlislarida ko‘rib chiqilishi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritilishi ham belgilangan.
Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining sud’yasi O‘.Yo‘ldoshev
Sud’ya yordamchisi E.Egamqulov
