O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy veb-sayti MY.SUD.UZ –sud xizmatlaridan foydalanishning innovatsion, ishonchli va qulay yo’li!
2026-02-13 15:40:00 / News

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy veb-sayti MY.SUD.UZ –sud xizmatlaridan foydalanishning innovatsion, ishonchli va qulay yo’li!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan taqdim etilgan interaktiv xizmatlar
sud-huquq tizimining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga, shuningdek, fuqarolar va yuridik shaxslar uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi. Ushbu xizmatlar orqali sud jarayonlarida ishtirok etish va sud qarorlarini kuzatish osonlashtiriladi, bu esa mamlakatda huquqiy madaniyatni rivojlantirishga hissa qo‘shadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan taqdim etilgan interaktiv xizmatlaridan biri sud majlisi ishtirokchilarining mobil videokonferensaloqa tizimi orqali sud majlisida ishtirok imkoniyatini beradi.
1.“Videokonferensaloqa” tizimiga kirish uchun hozirgi kunda amaliyotda ko‘p ishlatiladigan Google Chrome, Opera, Mozilla, Firefox (oxirgi versiyalari tavsiya etiladi) kabi zamonaviy internet brauzerlaridan foydalaniladi.
2.Internet tarmog‘iga ulangan foydalanuvchi qurilmasidagi veb brauzer manzil qatoriga http://vka.sud.uzmanzili teriladi.
3.Yangi ochilgan sahifadan “ONE ID orqali kirish” tugmasi tanlanadi va https://id.egov.uz veb manziliga o‘tiladi.
- “Ro’yxatdan o’tish uslubi”maydonidan agar sizda ERI (elektron raqamli imzo) mavjud bo‘lsa,“ERI kaliti orqali” aks holda “ERI kalitisiz” qatori tanlanadi.
4. Tizimga kirgandan so‘ng foydalanuvchi ishtirok etishi zarur bo‘lgan sud majlisi yangi ochilgan sud majlislari jadvali sahifasidagi “Sud nomi”, “Hudud”, “Sudlar” va “Ish ko‘riladigan sana” maydonlaridan tegishlisini tanlab “Izlash” tugmasi orqali o‘ziga tegishli bo‘lgan, ya’ni aynan qaysi ishda ishtirok etishi lozim bo‘lgan ish topiladi hamdalogin va parol olinadi.
a)“Sud nomi” qatoridan tegishli sud turi tanlanadi, “Hudud” qatoridan tegishli hudud tanlanadi
b)“Sudlar” qatoridan tegishli sud va ish ko‘riladigan sana tanlanib “Izlash” tugmasi bosiladi.
v)“Sud majlisiga tayinlangan ishlar ro‘yxati”dan foydalanuvchi ishtirok etishi zarur bo‘lgan ish topiladi va “Login parol olish” ustunidagi belgisi tanlanadi.
Yangi ochilgan oynada ro‘yxatdan o‘tilgan ish qaysi ish bo‘yicha qaysi sanada va qaysi vaqtda ekanligi hamda foydalanuvchi videokonferensiya rejimida ishtirok etishi uchun berilgan login va parol aks etadi. Ushbu taqdim etilgan login va parol faqat yuqorida tanlangan ish uchun aktual hisoblanadi. Login va parol mobil qurilma yoki kompyuter xotirasiga saqlab olinadi.
5.Videokonferensaloqa rejimida sud majlisida ishtirok etish imkonini beruvchi ilova yuklab olinadi. Buning uchun sahifaning yuqori o‘ng qismida joylashgan “Yuklab olish” tugmasini tanlash orqali videokonferensiya yaratish imkoniyatini beradigan “TE Desktop”(kompyuter uchun) yoki “TE Mobile”(mobil qurilma uchun) ilovasi yuklab olinadi. Videokonferensiyani yaratish zaruratiga qarab MSWindows, iMac, iOS va Android operatsion tizimlari uchun mo‘ljallangan variantlardan biri tanlanadi.
6.Yuklab olingan dasturni (bizning misolda “TE Desktop”(kompyuter uchun)) “Ok” va “Daleye” tugmalarini bosish orqali kompyuterga o‘rnatiladi. “Nastroyka servera” tugmasi tanlanib, adres va port qatorlari rasmdagi raqamlarga o‘zgartirilib, “Soxr.” tugmasi bosiladi.
7.Taqdim etilgan hamda saqlab qo‘yilgan login va parol kiritilib, avtorizatsiyadan o‘tiladi hamda sud majlisi tayinlangan vaqtdan avvalroq dastur o‘rnatilgan qurilma sifatli internet tarmog‘iga ulangan holda sudya tomonidan videoqo‘ng‘iroq bo‘lishi kutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan taqdim etilgan interaktiv xizmatlar sud tizimining ochiqligi va shaffofligini oshirish, fuqarolar va yuridik shaxslar uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy etilgan. Ushbu xizmatlar sud jarayonlarini yengillashtirish va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga hissa qo‘shadi.
Guliston tumanlararo iqtisodiy
sudining Tizimni boshqarish va
hizmat ko‘rsatish muhandisi X.Nazarov
