"Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasida navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
2026-06-05 09:55:00 / News
Xotin-qizlar hamda yoshlar bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbalarini yaratish va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida o‘tkazilgan yarmarkada 300 nafardan ziyod ishsiz yoshlar ishtirok etdi.

Yoshlar dastlab mazkur sanoat zonasidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdilar. Mazkur korxonalarda ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar, oylik ish haqi va qo‘shimcha bonuslar, malaka talablari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Jarayon davomida kasb-hunar o‘rganib, tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan 56 nafar yoshlar ustoz-shogird an’anasi asosida sanoat korxonalarining malakali xodimlariga biriktirildi.
Yarmarkada "Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan 300 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi. Ishlash istagini bildirgan 39 nafar yoshlar o‘zlari tanlagan korxonalarga yo‘naltirildi.


