Sessiya ishida muhim masalalar muhokama qilindi
2026-01-29 11:55:00 / News

Sessiya ishida Uchko‘prik tumanida 2025-yilning to‘rtinchi choragi yakunlari yuzasidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning hisoboti to‘g‘risida;
Uchko‘prik tumanida 2025-yilning to‘rtinchi choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda ijro intizomiga amal qilinishi haqida;
Uchko‘prik tumanida 2025-yil davomida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikni tahlil qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek tuman prokuraturasi faoliyatini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida;
2025-yilning dekabr oyi mobaynida Uchko‘prik tumanida yoshlarning muammolarini o‘rganish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvlarda ko‘tarilgan muammo va takliflar yuzasidan tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosi to‘g‘risida;
Uchko‘prik tumani mahalliy byudjetining 2025-yil to‘rtinchi chorak ijrosi to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.




