Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi tizimli kurashish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
2025-07-11 15:55:00 / News

Qo‘shtepa tumani hokimligining yig‘ilishlar zalida tuman hokimi A.Abdullayev rahbarligida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi tizimli kurashish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda hokim o‘rinbosarlari, apparat xodimlari shuningdek, tuman miqyosidagi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda korrupsiyani oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik masalasi muhokama etildi.
Davlat xizmatchilari faoliyatida amal qilinishi lozim bo‘lgan etik me’yorlar, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, mas’uliyatli va halol xizmat yuritish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur tadbir korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli yondashuvni kuchaytirishga xizmat qilishi bilan birga, davlat xizmatchilari o‘rtasida halollik, poklik va mas’uliyat hissini yanada mustahkamlashga qaratildi.

