Bozorlar atrofida tozalik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi
2026-11-04 14:30:00 / News
Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev bozorlar va ularning atroflarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, hududlarda tozalikni ta’minlash, aholi va savdo ishtirokchilari uchun xavfsiz muhit yaratish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, bozorga keluvchi fuqarolarning transport vositalarini tartibli joylashtirish va ularga qulaylik yaratish maqsadida doimiy avtoturargoh tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarni tartibga keltirish va yong‘in xavfsizligi bilan bog‘liq xavf-xatarlarning oldini olish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.





