BITIRUVCHI YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-10-29 14:00:00 / News
Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev boshchiligida mehnat bozoriga kirib kelgan bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda yoshlarga biriktirilgan soliq inspeksiyasi xodimlari hamda mahalla yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning bandligini yo‘lga qo‘yish, kasbiy qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib, munosib ish o‘rinlariga joylashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bu borada mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.







