Har bir yosh eʼtiborda, har bir muammo yechimda
2026-09-24 12:30:00 / News
Har payshanba kuni yurtimizda “Yoshlar kuni” doirasida yoshlarning muammolarini oʻrganish, ularni qoʻllab-quvvatlash va zarur sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan Qoʻshtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev Yangidoʻkon mahalla fuqarolar yigʻini, Yangidoʻkon koʻchasida yashovchi 19 yoshli Akbarov Muhammadzohid xonadonida boʻlib, uning holidan xabar oldi.
Tashrif davomida yoshning kundalik hayotida duch kelayotgan qiyinchiliklari va ehtiyojlari oʻrganilib, unga qulaylashtirishgan nogironlik aravachasi topshirildi.
Muloqot davomida Muhammadzohidning mavjud muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.





