5-kun – “Zakovat kuni”
2026-06-07 15:50:00 / News
Oltiariq bolalar oromgohida 5-kun “Zakovat kuni” sifatida yuqori kayfiyat va qizg‘in bahs-munozaralar ruhida tashkil etildi. Tadbir davomida dam oluvchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berib, o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar

Qiziqarli savol-javoblar, mantiqiy topshiriqlar va jamoaviy bellashuvlar ishtirokchilarning faolligini yanada oshirdi. Zakovat bahslarida faol qatnashgan bolalar rag‘batlantirildi.
Bunday tadbirlar yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mantiqiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.





