Oltiariq tumani Yoshlar markazida tuman hokimi Sh.Turdaliyev, tuman prokurori R.Tillayev, IIB boshlig‘i I.Sotvoldiyev ishtirokida yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi.
2026-04-30 15:05:00 / News
Unda Migratsiya agentligi tomonidan mehnat muhojirligiga chiqish istagida bo‘lgan hamda xorijiy ta’lim muassasalarida tahsil olishni rejalashtirayotgan yoshlar qatnashdi.
Muloqotda bugungi xalqaro munosabatlar sharoitida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatimiz rahbarining uzoqni ko‘zlab yuritayotgan xalqchil siyosati, fuqarolar, ayniqsa yoshlar huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida fikr almashildi.
Tumanda kasb-hunarga o‘qitish, xorijiy tillarni o‘rgatish, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, yangi biznes g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar va imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Muloqotda umuminsoniy va milliy qadriyatlarni asrash, huquqbuzarliklarni oldini olish, xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

