Oltiariq tuman hokimligi hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida Oqbo‘yra mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ochiq muloqot va “Sayyor qabul” tashkil etildi.
2026-03-12 11:30:00 / News

Unda mamlakatimizda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Prezidentimiz rahbarligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi, bandligini ta’minlash va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlar haqida atroflicha fikr almashildi.
Muloqotda yoshlar o‘z taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaatlarini bildirdilar.
“Sayyor qabul” jarayonida uy-joyni ta’mirlash, bank krediti olish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va turli biznes loyihalarni amalga oshirishga doir masalalar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlar yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilib, yoshlar muammolarini ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
