🔰1-maktab o‘quvchilarining muzeyga tashrifi
2026-03-02 14:55:00 / News

📗 Bugun muzeyimizga 1-maktab o‘quvchilari ustozlari bilan birgalikda
tashrif buyurdilar. Tashrif davomida mehmonlar muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishib, Erkin Vohidov hayoti haqida batafsil ma’lumot oldilar.
🪐Ustozlar hamda o‘quvchilar uchun muzey ilmiy hodimi Muxtasar Vohidova tomonidan tashkil etilgan sayohat jarayonida milliy merosimiz, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy va madaniy qadriyatlar xususida qiziqarli suhbatlar olib borildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, katta taassurotlar bilan qaytdilar.
Bunday ma’rifiy tashriflar yosh avlodning tarixga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
