Farg‘onada “Tadbirkorlar ko‘chasi” 24/7 rejimida faoliyat yuritadi
2026-11-17 17:00:00 / News

Farg‘ona shahrining Oybek, Simtepa, Bahor va Furqat mahallalari hududida zamonaviy, kecha-yu kunduz faoliyat yuritadigan “Tadbirkorlar ko‘chasi”ni tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida hudud infratuzilmasini yaxshilash uchun mablag‘ yo‘naltirilib, ko‘chalarni yoritish, avtomobil yo‘llarini asfaltlash, suv oqova tarmoqlarini ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Ayni paytda yangi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash hamda hududda xavfsiz va qulay xizmat ko‘rsatish muhitini yaratish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur loyiha Farg‘ona shahrining iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.





