Farg‘onada sayyor qabul tashkil etildi
2026-06-30 14:00:00 / News
Farg‘onada sayyor qabul tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayeva Umida Xazratovna boshchiligida Farg‘ona shahridagi “Ma’rifat” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida jami 13 nafar xotin-qiz ishtirok etib, ularning murojaatlari tinglandi.
Qabul yakunlariga ko‘ra, 6 nafar xotin-qizning murojaati joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 7 nafar murojaat esa tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.



