Latviya tajribasi asosida Bulung‘urda kooperativlarni rivojlantirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
2026-07-30 10:50:00 / Meetings

🇺🇿 🇱🇻 Latviya tajribasi asosida Bulung‘urda kooperativlarni rivojlantirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Yevropa Ittifoqi hamda Latviya hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklarining iqtisodiy salohiyati va samaradorligini mustahkamlash” loyihasi doirasida Bulung‘ur tumanida kooperativlarni rivojlantirish yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
Tashrif davomida mutaxassislar ishtirokida seminar tashkil etilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari hamda dehqon xo‘jaliklari yer maydonlari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida kooperatsiya tizimini rivojlantirish, mahsulotlarni qayta ishlash hajmini oshirish, qo‘shimcha qiymat yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi.
