“MAJBURIY MEHNATGA QARSHI KURASHISH OYLIGI” O‘TKAZILADI
2026-07-22 13:50:00 / News
“MAJBURIY MEHNATGA QARSHI KURASHISH OYLIGI” O‘TKAZILADI

“MAJBURIY MEHNATGA QARSHI KURASHISH OYLIGI” O‘TKAZILADI
📌 So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sog‘liqni saqlash hamda maktabgacha va maktab ta’limi tizimlarida xodimlarni o‘z xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarga jalb etish, shuningdek, majburiy mehnatga yo‘l qo‘yish bilan bog‘liq murojaatlar ko‘paygani kuzatilmoqda.
✔️ Shu munosabat bilan 2026-yil 21-iyuldan 21-avgustga qadar “Majburiy mehnatga qarshi kurashish oyligi” o‘tkaziladi.
🔎 Oylik doirasida:
➡️ sog‘liqni saqlash hamda maktabgacha va maktab ta’limi tizimlarida monitoring tadbirlari o‘tkaziladi;
➡️ xodimlarni majburiy mehnatga jalb etish holatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar tezkor o‘rganiladi;
➡️ aniqlangan qonunbuzilish holatlariga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq qat’iy choralar ko‘riladi;
➡️ xodimlarni majburiy mehnatga jalb etishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tushuntirish va profilaktik tadbirlar tashkil etiladi.
⚠️ Eslatib o‘tamiz, haftalik doirasida nafaqat ish beruvchilar balki, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan barcha mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan ham javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
❗️ Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymang!
🥳 Davlat mehnat inspeksiyasi
