“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi
2026-07-16 14:00:00 / News
2026-yil 15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Sof Expo Samarkand” ko‘rgazma kompleksida transport tarmog‘i yo‘nalishida “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

🚍 “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi
2026-yil 15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Sof Expo Samarkand” ko‘rgazma kompleksida transport tarmog‘i yo‘nalishida “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur ko‘rgazmada Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda mahallalardagi hokim yordamchilari faol ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazma doirasida transport sanoatidagi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, mahalliylashtirish jarayonlari, yangi kooperatsiya imkoniyatlari hamda hududlarda bandlikni oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi istiqbolli loyihalar bilan yaqindan tanishilmoqda.
