#TAYINLOV | YOSHLAR SIYOSATI — USTUVOR MASALA
2026-07-29 18:05:00 / News
Bag‘dod tumani hokimligi binosida tuman hokimi o‘rinbosari O‘tkirjon Boltaboyev hamda Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Mumtozbek Meliqo‘ziyev ishtirokida mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✔️Uchrashuv davomida tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Yoshlar ishlari agentligi Bag‘dod tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Xadjayev Jonibek Muzaffar o‘g‘li keng jamoatchilikka tanishtirildi.
📶Yig‘ilishda uning mehnat faoliyati va kasbiy tajribasi haqida qisqacha ma’lumot berildi. Shuningdek, yangi lavozimda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan ado etishi, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirib, samarali natijalarga erishishi tilab qolindi.

Jonibek Xadjayev 1993-yilda Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. U 2020-yilda Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda 2023-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — oziq-ovqat texnologiyasi, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiya.
Tayinlovga qadar Bag‘dod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Oilali, 1 nafar farzandi bor.
Bag'dod tumani hokimligi
Axborot xizmati ✅









