Tashabbuslar_ijrosi: Samandarakda temirchilik sanoat zonasi tashkil etiladi
2026-06-12 11:10:00 / News

Jumladan, “Samandarak” mahallasida rivojlangan temirchilik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda alohida temirchilik sanoat zonasini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Viloyat hokimligi ishchi guruhi a’zolari, Bag‘dod tumani hokimi Maqsadjon Isaqov hamda Agrobank mas’ullari ishtirokida sohada batafsil tahlil ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida tumanda 262 ta xonadonda temirchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, shundan 231 tasi “Samandarak” mahallasida, 31 tasi esa boshqa hududlarda faoliyat yuritayotgani aniqlandi. Mazkur faoliyat turi orqali 655 nafardan ortiq fuqaroning bandligi ta’minlanayotgani qayd etildi.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, temirchilik mahsulotlariga bo‘lgan talab yuqori bo‘lishiga qaramay, ishlab chiqarish asosan xonadonlarda amalga oshirilayotgani sababli mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayapti. Shu bois mahalla hududida kichik sanoat zonasi va temirchilik sanoat zonasini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.
📶Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tanlangan hududda 125 nafar tadbirkorga 4 sotixdan yer maydoni ajratish rejalashtirilgan. Shuningdek, 20 nafar tadbirkorning faoliyatini kengaytirish va zamonaviy uskunalar xarid qilishi uchun 2,4 milliard so‘m miqdoridagi kredit mablag‘lariga ehtiyoj mavjudligi ham aniqlandi.
✨Mazkur loyiha temirchilik faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahallaning iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bag'dod tumani hokimligi
Axborot xizmati ✅






