Bag‘dodda ommaviy sayyor qabul: muammolar joyida o‘rganilib, tezkor yechimlar belgilandi
2026-05-06 11:10:00 / News

Bag‘dodda ommaviy sayyor qabul: muammolar joyida o‘rganilib, tezkor yechimlar belgilandi
Xabaringiz bor, bugun Bag‘dod tumanida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida navbatdagi ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi (https://t.me/fvhokimligi/44094). Ushbu qabul davomida viloyat rahbarlariga kelib tushgan murojaatlarni hal etishda mas’ul rahbarlar qatorida Bag‘dod tumani hokimi Maqsadjon Isaqov ham faol ishtirok etdi.
Jumladan, tuman hokimi hududimizdagi o‘n bir nafar murojaatchi bilan shaxsan suhbatlashib, mavjud muammolarni joyida o‘rgandi. Ayrim masalalar yuzasidan tezkor yechimlar belgilandi, qolgan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularning ijrosi ta’minlanishi qat’iy belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, viloyatimizdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari hamda tegishli tashkilot va boshqarmalar mas’ullari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslarini atroflicha eshitdi. Qabul davomida aholini qiynayotgan muammolarni tezkor va samarali hal etishga alohida e’tibor qaratildi.









