Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurash: Bag‘dodda davra suhbati o‘tkazildi
2026-04-23 14:10:00 / News

Bag‘dod tuman 2-sonli texnikumida jinoyat ishlari bo‘yicha Bag‘dod tuman sudi tergov sudyasi M. Sidiqov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning zararli illatlariga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusiga bag‘ishlandi.
Unda o‘qituvchilar va o‘quvchilarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning inson salomatligi va jamiyatga yetkazadigan zarari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari, noqonuniy giyohvandlik vositalarini tayyorlash, saqlash va tarqatish bilan bog‘liq huquqiy oqibatlar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish, giyohvandlik hamda diniy materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash va tarqatish bilan bog‘liq javobgarlik masalalari yuzasidan targ‘ibot ishlarini kuchaytirishdan iborat.
