“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi
2025-01-17 16:25:00 / Yangiliklar
Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi O. Abdug‘aniyev ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni bilan o‘rnatilgan talablar va mexanizmlarni davlat organlari va tashkilotlarida samarali joriy etish masalalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Davlat tashkiloti xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish sohasidagi huquq va majburiyatlari, cheklovlar jumladan, qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangani hamda qonunning mazmun-mohiyati yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi holatlari chuqur tahlil qilinib, seminar ishtirokchilari qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.