Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!
2024-12-06 16:30:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 17-oktyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi F-53-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida 6 dekabr kuni Agentlikning majlislar zalida “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens bo‘yicha bosh mutaxassisi N. Aminov o‘z maʼruzasida yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganligini, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi ekanligi taʼkidlanib, yangi tahrirdagi Bosh Qomusimizda “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asos qilib olingani, yaʼni har bir moddada inson qadri, uning huquq va erkinliklari aks topgani qayd etildi.
Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzida o‘tgan davra suhbati yakunida xodimlar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.