VEB-SAYT FOYDALANUVCHILARINING SHAXSIY MA’LUMOTLARINI HIMOYA QILISH SIYOSATI HAQIDA MA’LUMOT
Maʼlumotni saqlanishini hamda shaxsning, jamiyatning va davlatning maʼlumotlari xavfsizligini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi “AXBOROT ERKINLIGI PRINSIPLARI VA KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA”gi Qonuni bilan himoya qilingan. (Oʻzbekiston Respublikasi oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 2-modda; 2015 y., 52-son, 645-modda). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalarvazirligi rasmiy veb-saytiga tashrif buyurganda foydalanuvchilardan shaxsiy boʻlgan maʼlumotlarni kiritilishi talab qilinmaydi. Saytdagi barcha maʼlumotlar, xizmatlar, aloqalar, statistik maʼlumotlar foydalanuvchilar- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ochiqdir va maʼlumot manbasiga yoʻllanma borligi sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi roziligisiz ishlatilishi mumkin.