“Abu Rayhon Beruniy” Turkiyada
2024-03-28 10:40:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” romani “Beruniy: Abu Rayhonning siymolari” nomi bilan Turkiyada bosilib chiqdi.
Romanni Istanbuldagi nufuzli “Ketebe” nashriyoti chop etdi. Unga xalqaro Nobel mukofoti sohibi, professor Aziz Sanjar so‘zboshi yozgan.
Hajmi 360 betlik ushbu asar mart oyidan boshlab Turkiyaning barcha kitob do‘konlarida va xalqaro sotuv maydonchalarida sotuvga chiqarildi.
Asar buyuk allomaning o‘smirlik davridan to hayotining oxirigacha bo‘lgan davrni, shuningdek, o‘sha davr hukmron sulolalaridan xorazmshohlar, somoniylar, ziyoriylar, buvayhiylar, g‘aznaviylar va saljuqiylar tarixi haqida ham qiziqarli ma’lumotlarni qamrab olgan.
Romanni iqtidorli tarjimon Hamza O‘zturkchi turk tiliga tarjima qilgan.